10:27 / 26.06.2015
4051

Olland: AQSh maxsus xizmatlari Fransiya prezidentlarining qo‘ng‘iroqlarini kuzatishi kurakda turmaydigan ish

Fransiya prezidenti Fransua Ollandning so‘zlariga qaraganda, AQSh maxfiy xizmatlari tomonidan mamlakat rahbariyatining telefon qo‘ng‘iroqlari kuzatilishi va tinglanishi kurakda turmaydigan haqoratdir. Bu haqda u jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

25 iyun kuni WikiLeaks portalida AQSh milliy xavfsizlik agentligi tomonidan Fransiyaning uchta prezidentining telefon qo‘ng‘iroqlari kuzatilgani haqidagi beshta hujjat oshkor qilingan edi. Bu voqea qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

“Buni qabul qilib bo‘lmaydi. Biz ittifoqchilar o‘rtasida bunday ishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, – Ollandning so‘zlarini keltiradi TASS.

Top