Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:11 / 26.06.2015
2495
1 daqiqa o‘qiladi
Ostona hokimligi 2017 yilga qadar shaharni chivinlardan xalos etishni mo‘ljallamoqda
2017 yilda Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tadigan EXPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasiga qadar hukumat shaharni chivinlardan xalos qilishni mo‘ljallamoqda, deb xabar bermoqda FlashSibiria.
“Bu juda muhim masaladir. Chunki xorijiy davlatlar delegatsiyalari qayerdadir o‘zlarining OAVlarida Ostonada chivinlar ko‘p ekan deb aytishsa, u holda bu juda xunuk ish bo‘ladi”, deb aytdi Ostona hokimligi vakili Fedor Peyev.
Peyevning aytishicha, “ushbu ko‘rgazma o‘tkazilishi vaqtida shaharda birorta ham chivin bo‘lishi kerak emas”.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish