O‘zbekiston | 11:57 / 26.06.2015
2562
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zA jurnalistlari Yonxap agentligida malaka oshirib qaytadi

Joriy yilning sentabr oyida O‘zbekiston milliy axborot agentligining ikki nafar jurnalisti Janubiy Koreyaning Yonxap agentligiga malaka oshirishga boradi.
Bu haqda O‘zbekistonning Seuldagi elchisi Botirjon Asadovning Yonxap rahbari Pak No Van bilan uchrashuvida kelishuvga erishildi.
O‘z navbatida, Janubiy Koreyaning yetakchi agentligi muxbirlari avgustda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” musiqiy festivalini yoritishga taklif qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish