14:55 / 26.06.2015
2640

O‘zbekistonda 2014 yilda 100 nafar xorijlik giyohvand moddalar tashuvchi qo‘lga olingan

2014 yil davomida o‘zbekistonlik huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar mamlakat hududi orqali giyohvand moddalar tashib o‘tmoqchi bo‘lgan 100 nafar xorijlikni qo‘lga olgan. Bu haqda O‘zbekiston MXX matbuot xizmatiga asoslanib, Russian.news.cn xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, qo‘lga olinganlarning 25 nafari tojikistonlik, 19 nafari afg‘onistonlik, 22 nafari rossiyalik, 7 nafari qirg‘izistonlik, 6 nafari turkiyalik, 5 nafari qozog‘istonlik, 5 nafari eronlik bo‘lgan. Shuningdek, o‘tgan yilda O‘zbekistonda Turkmaniston va Italiyaning 2 nafarda, Ukraina, Armaniston, Fransiya, Germaniya, Latviya, Pokiston va Xitoyning bir nafardan fuqarosi giyohvand moddalar bilan qo‘lga olingan.

Taqqoslash uchun, 2013 yilda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari 111 nafar xorijlikni shunday jinoyat uchun hibsga olgandi.

Top