O‘zbekiston | 15:00 / 26.06.2015
19425
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda IShID bilan aloqadorlikda gumon qilingan bir guruh ayollar qo‘lga olindi

O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan oxirgi oylarda IShID guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan bir guruh ayollar qo‘lga olindi. Bu haqdagi syujyet milliy teleradiokompaniya kanallaridan biri orqali namoyish etildi.

Unda Iroq va Suriyaga yo‘l olgan to‘qqiz nafar ayol tarixi hikoya qilib berilgan. Ular orasida 4 nafari mart oyida Turkiyada qo‘lga olingan.
Ta'kidlanishicha, ayollar asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistlarning tuzog‘iga ilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish