Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Obama telefon orqali suhbatda Yaqin Sharq va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi
25 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezident Barak Obamaga telefon qilib, u bilan kun tartibidagi dolzarb muammolar bo‘yicha suhbatlashdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikki davlat yetakchilari "IShID" jangarilariga qarshi turish zarurligi, Yaqin Sharqdagi vaziyatlar rivoji, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi.
Obama yana bir Rossiya "Minsk kelishuvlari", jumladan Ukraina hududidan Rossiya qo‘shinlari va texnikasini olib chiqib ketish bo‘yicha o‘z majburiyatlariga amal qilishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, Putin va Obama Suriyadagi vaziyatning xavfli tus olayotgani hamda “katta oltilik” davlatlarining hamjihatligini saqlab qolish zarurligini ta'kidlashdi.
Suhbat davomida yaqin orada AQSh davlat kotibi yordamchisi Viktoriya Nuland va Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasin "Minsk kelishuvlari" bajaralishini muhokama qilish uchun uchrashishlariga, terrorchilikka qarshi, ayniqsa "IShID"ning Yaqin Sharqdagi ta'sirining kengayib borayotgani masalalari bilan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Jon Kerri shug‘ullanishiga kelishib olindi.