14:06 / 26.06.2015
2804

Qirg‘izistonda polietilen paketlaridan foydalanish man qilinishi mumkin

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari mamlakatda polietilen paketlaridan foydalanishni taqiqlash masalasida muhokama olib bormoqda.
24 iyun kuni ular polietilen paketlari va sintetik baliq tutish to‘rlari importi hamda ularni mamlakat hududida tarqatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Ushbu talablarning buzilishi fuqarolarga nisbatan ma'muriy jarimalarning joriy qilinishiga olib keladi. Jarima miqdori 200-500 somni tashkil qiladi, amaldorlarga nisbatan jarima ming somgacha bo‘lishi mumkin.
Qonun loyihasi tashabbuskori Erkingul Imanqojoyeva polietilen paketlarining ekologik toza qog‘oz o‘ramlari bilan almashtirilishi ko‘p vaqtni olmasligiga ishonch bildirdi.

Top