16:45 / 26.06.2015
8941

Kuvayt poytaxtidagi masjidda portlash sodir bo‘ldi

Kuvayt poytaxtidagi Imom Sodiq masjidida portlash sodir etildi, deb xabar beradi Al Jazeera telekanali

Portlash chog‘ida masjidda juma namozini o‘qish uchun kelgan odamlar bo‘lgan. Kamida sakkiz kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Quvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir al-Saboh portlash amalga oshirilganidan so‘ng Imom Sodiq masjidiga tashrif buyurdi.
Voqea joyida suratga olingan video lavhalar, telekanal orqali namoyish etilishi bilan birga, internetga ham joylashtirildi.

Shuningdek, sobiq axborot vaziri al-Ajmiy, qo‘poruvchilikka munosabat bildirar ekan, bu “terrorchilikka qarshi immunitet”ga ega davlatning o‘zi yo‘q ekanligini yana bir bor ko‘rsatib berganini ta'kidlab o‘tdi.

Top