08:34 / 26.06.2015
2205

"Real" Ramosni 90 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishini bildirdi

"Real" jamoasi Serxio Ramosning transferidan 90 mln yevrodan kam bo‘lmagan mablag‘ni ishlab olmoqchi. Unga talabgor bo‘lgan "MYu"dan aynan shuncha miqdordagi mablag‘ so‘ralgan.

As nashrida yozilishicha, "Manchester Yunayted" bu himoyachi uchun madridliklar jamoasiga 70 mln yevro taklif qilgan.

Qayd etilishicha, "Real" bu transferga "MYu"dan olinishi ko‘zlanayotgan darvozabon David De Xeani aralashtirishni istamaydi. Darvozabon uchun alohida muzokara o‘tkaziladi.

Biroz oldinroq, "Real" inglizlar tomonidan bildirilgan 50 mln yevrolik taklifni rad qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" prezidenti Florentino Peres 29 yoshli bu himoyachi bilan uning kelajagi haqida gaplashganida, unga jamoada yiliga 7,5 mln yevro maosh berilishini aytgan, lekin Ramos 10 mln yevro olishni istashini bildirgandi.

Bu vaqtda esa "qizil iblislar" unga 5 yil davomida 55 mln yevro maosh berishlari haqida taklif yuborishgan, shundan so‘ng Ramos "Real" rahbariyatiga Angliyaga ketishni istayotganini aytgandi.

Ma'lumot uchun, "Real" bu futbolchi bilan shartnomaning bir tomonlama buzilishi uchun 180 mln yevrolik mablag‘ni belgilab qo‘ygandi.

Top