18:01 / 26.06.2015
11989

Sirdaryoda ikki qizni zo‘rlagan qotil 20 yilga qamaldi

Sud 37 yoshli Yahyobek Abdunazarovni zo‘ravonlik va qotillikda ayblab, 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Tergov chog‘ida aniqlanishicha, u imkoniyatlari cheklangan qiz bilan tanishib, uni shahar chetiga olib chiqdi va zo‘rladi. Shundan so‘ng u qizning pullari va telefonini olib ketdi.
Zo‘rlangan qiz huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgach, Abdunazarov Jizzaxga qochib ketdi, u yerdan esa Gulistonga o‘tdi. U yerda jinoyatchi navbatdagi qiz bilan tanishdi. Lekin qiz qarshilik ko‘rsatdi, va Abdunazarov unga pichoq bilan zarba berdi. Qizning qichqiriqlarini eshitib, voqea joyiga uy bekasi tanishi bilan yetib keldi. Jinoyatchi ularni ham pichoq bilan yaralab, qochib ketdi. Qiz va uy bekasining dugonasi tirik qoldi, uy bekasining esa hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Oradan bir muddat o‘tgach, Abdunazarov qo‘lga olindi. Tergov jarayonida u faqat bitta qizni zo‘rlashga harakat qilganini tan oldi. Uning boshqa jinoyatchilari guvohlar va ashyoviy dalillar yordamida isbotlandi. Natijada qotil va zo‘ravon 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top