14:51 / 26.06.2015
4114

Smolenskda O‘zbekistonga 18 tonna baliq o‘tkazish man qilindi

Rossiyaning Smolensk viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini nazorat qilish xizmati “Krasnaya gorka” nazorat punkti orqali viloyat hududidan tranzit bilan O‘zbekistonga 18 tonna baliq olib o‘tishni man qildi. Bu haqda Interfaks agentligi ma'lum qildi.

Smolensk bojxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat jarayonida inspektorlar O‘zbekiston hududiga 18 tonna muzlatilgan baliq olib ketayotgan avtomashina ortga qaytarib yuborildi.

Yuk eksport qiluvchi davlatlar bo‘lmish Ispaniya va Niderlandiya taqdim etgan veterinariya sertifikatlariga ega bo‘lishiga qaramay, uni ortga qaytarishga qaror qilingan. Bunga asos tariqasida yukning Rossiya hududida rasmiy nazorat o‘tkazish punktlaridan o‘tib kelmaganligi ko‘rsatilgan.

Top