Jahon | 17:00 / 26.06.2015
3198
1 daqiqa o‘qiladi

Terraktdan xabar topgan Olland Fransiyaga zudlik bilan qaytib ketdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland zudlik bilan o‘z yurtiga qaytib ketdi, deb xabar berdi France-Presse agentligi Tvitterdagi akkaunti orqali.
Mamlakatning janubi-sharqida sodir etilgan qo‘poruvchilik natijasida Olland YeI sammitini tark etishga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Sen-Kentan-Falave shahridagi zavodga noma'lum shaxs hujum uyushtirib, benzin baklarini portlatib yubordi. Voqea joyida tanadan judo qilingan bosh topilgan. Bosh arabcha xatlar tushirilgan matoga o‘ralgan edi.