Jahon | 18:20 / 26.06.2015
2204
1 daqiqa o‘qiladi

Tunisdagi mehmonxonada garovga olinganlar ichida Rossiya fuqarosi ham bo‘lgan

Tunisdagi Riu Imperial Marhaba va Mouradi Palm Marina mehmonxonalarida garovga olingan sayyohlar va mehmonlar ichida rossiyalik fuqaro ham bo‘lgan, deb yozadi Gazeta.ru.

Voqea joyidan olingan fotosuratlardan birini rus tilida so‘zlashuvchi Instagram foydalanuvchisi o‘z sahifasiga joylashtirgan. Terakt vaqtiga qadar foydalanuvchi mehmonxona tasviri tushirilgan suratlarni Domodedovo aeroportidan turib o‘z sahifasiga joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tunis mehmonxonalarida sodir bo‘lgan terakt natijasida qurbon bo‘lganlar soni 27 nafarni tashkil qilayotgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish