Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashington Kiyevga yana 100 ta “Xemvi” jipi beradi
Vashington ukrainalik hayrbiylar uchun Kiyevga yana 100 ta “Xemvi” (HMMWV) jipi beradigan bo‘ldi. Bu haqda Pentagonga iqtibos keltirgan holda “112 Ukraina” telekanali xabar berdi.
“Ikki davlat yetakchilari AQSh tomonidan Ukraina qurolli kuchlariga va chegara xizmatiga xavfsizlik sohasida, jumladan iyul o‘rtasida qo‘shimacha 100 ta HMMWV jipini yetkazib berish va Yavorovda Ukraina milliy gvardiyasini uzluksiz tayyorlashda doimiy ko‘mak berish masalalarini ko‘rib chiqishdi”, deyilmoqda Pentagonda.
Qayd etilishicha, AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter AQSh va Ukraina o‘rtasida harbiy hamkorlikni o‘rnatishni yana bir bor qo‘llab-quvvatlab chiqdi.
2015 yilning mart oyida Pyotr Poroshenko Ukrainaga ilk “Xemvi” zirhli avtomobillarini yetkazib bergan AQSh Harbiy-havo kuchlarining samolyotini shaxsan o‘zi kutib olgan edi.