Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada 67 yil birga yashagan juftlik bir kunda vafot etdi
Yangi Zelandiyada 67 yil davomida birga yashagan juftlik – Xyu va Joan Nizlar ikki soat farqi bilan bir kunda vafot etdilar. The Telegraph nashrining yozishicha, erkak 94, ayol esa 92 yoshda bo‘lishgan.
Ular Paraparaumudagi Eldon Lodge qariyalar uyida vafot etdi.
Marhumlarning qarindoshlari Nizlar bir-birisiz bir kun vaqtini ham o‘tkaza olmaganligini ta'kidlab o‘tishdi. Ular bir-birisiz yashashni istashmagan.
Saratonga chalingan Xyu birinchi bo‘lib olamdan o‘tdi. Ikki soatdan so‘ng Joanda yurak xuruji sodir bo‘ldi.
Juftlik besh nafar farzandi bo‘lib, ularning ikki nafari ota-onasidan oldinroq hayotdan ko‘z yumgan edi. 2014 yili esa Nizlarning 31 yoshli nabirasi Argentinada talonchilar tomonidan otib ketilgan edi.
Bu kabi hodisalar ilgari ham kuzatilgan. Jumladan, AQShda 73 yil birga yashagan juftlik bir kunda vafot etgan edi.
