O‘zbekiston | 06:44 / 27.06.2015
4202
1 daqiqa o‘qiladi

1 sentabrga qadar Farg‘ona viloyatida yana mingdan ortiq namunaviy uy qurib bitkaziladi

Ayni vaqtda Farg‘ona viloyatida shu paytgacha namunaviy loyihalar asosida 3 ming 802ta uy-joylar bunyod etildi. Bundan tashqari joriy yilda viloyatdagi 30 qishloq massivida 1 ming 19ta ana shunday uy-joylar qurilmoqda. Ushbu xonadonlar ham mustaqilligimizning 24 yilligi arafasida qurib bitkazilishi mo‘ljallanmoqda. Bu haqda teleraf.uz nashri xabar bergan.

Bu borada O‘zbekiston Prezidentining «2015 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016 yilgi qurilishning asosiy parametrlari to‘g‘risida»gi qarori muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish