Jahon | 11:29 / 27.06.2015
3940
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat departamenti: Rossiyaning Ukrainadagi va Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi harakatlari bir turdagi harakatlar

AQSh va Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni tartibga solishga qaratilgan Minsk kelishuvlari doirasida Rossiyadan unga qo‘yilgan majburiyatlarning to‘liq bajarilishiga erishishni istamoqda. Bu haqda AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Entoni Blinken navbatdagi galda aytib o‘tdi.

Blinkenning aytishicha, AQSh hozirgi zamonning chaqiriqlari oldida “o‘z roli va majburiyatini” aniq anglaydi. “Biz barcha dunyo muammolarini hal qila olmaymiz. Va biz ularning birortasini ham bir o‘zimiz hal qila olmaymiz. Biroq biz bu tahdidlarga javob berish uchun AQShning bu tahdidlarga qarshi tura olish va o‘z ortidan dunyo hamjamiyatini ergashtira olishdek noyob qobiliyatidan foydalanamiz”, deydi diplomat.

Blinken Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tutgan yo‘li va Pekinning Janubiy Xitoy dengizidagi harakatlari o‘rtasida o‘xshashlik borligini aytmoqda. “Ukraina sharqida ham, Janubiy Xitoy dengizida ham bir tomonlama ravishda va majburlash usuli bilan tartib o‘rnatishga qaratilgan harakatlarni ko‘rmoqdamiz”, deb aytmoqda Blinkin. Blinkinning fikricha, Xitoy va Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy bahslarning qolgan ishtirokchilari ham “ig‘vogar harakatlarni bas qilib, kelishmovchilikni qonun doirasida hal qilishlari kerak”.

Blinkenning aytishicha, AQSh kelgusida ham o‘zining “yengilmas harbiy salohiyati, dinamik iqtisodiyoti va dunyoda tengi yo‘q inson kapitali” va “qobiliyatli hamkorlariga” tayangan holda “kuch pozitsiyasidan dunyo hamjamiyatini o‘z ortidan ergashtirishda” davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish