Jamiyat | 09:55 / 27.06.2015
2767
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh politsiyasi qamoqxonadan qochgan jinoyatchini yo‘q qildi

Iyun oyi boshida AQShning Nyu-York shtatidagi qattiq tartibdagi qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan, qotillik sodir etgani uchun qamalgan 48 yoshli Richard Met politsiya xodimlari tomonidan otib tashlandi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.

Avvalroq qochoq og‘ir yaralangani ma'lum qilingandi. Metning jasadi Kanada chegarasi yayaqinidagi Titus ko‘li yonidan topildi.

Ma'lumot uchun, bir erkakni o‘g‘irlab, uni o‘ldirgani uchun 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Richard Met va politsiya sherifini o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan 34 yoshli Devid Suit Nyu-York shtatining Klinton okrugidagi qamoqhonadan qochishga muvaffaq bo‘lishgan. Qayd etilishicha, ushbu qamoqxonada bunday holat 150 yildan beri birinchi marta yuz bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish