Jahon | 13:49 / 27.06.2015
4554
1 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: Rossiya Oy, AQSh esa Mars bilan shug‘ullanadi

Roskosmos rahbari Igor Komarovning ma'lum qilishicha, Rossiya yaqin 14-15 yil ichida Oyga tadqiqot missiyasi yuboradi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bergan.
 
"NASA Mars sayyorasida ishlaydi. Biz esa oyda. O‘ylaymanki, ikki tomon kosmosni tadqiq etishda hamkorlikda ish olib boradi", deydi Rossiya Federal kosmik agentligi rahbari Komarov.
 
Uning aytishicha, kosmik tadqiqotlar olib borishda AQSh va Rossiya siyosiy anglashilmovchiliklarni chetga surib turgan holda hamkorlik qilishi kerak.
 
Komarovning ta'kidlashicha, sanksiyalar kosmos sohasidagi ishlarga ta'sir ko‘rsatmaydi, lekin Rossiya bu sohada o‘ziga BRIKS davlatlarini hamkor qilib tanlamoqda.
 
Uning qayd etishicha, bunday global masalalar butun dunyo davlatlarining hamkorligida olib borilishi kerak va bu holatda tadqiqotlar uchun xarajatlarni kamaytirish ham mumkin bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish