09:30 / 27.06.2015
2438

"Boka Xuniors" Tevesning transferi haqida e'lon qildi

Karlos Teves "Yuventus"dan Argentinaning "Boka Xuniors" jamoasiga o‘tdi.

Buenos-Ayres jamoasi prezidenti Daniel Angelichi turinliklar rahbariyati bilan 31 yoshli ushbu hujumchining transferi borasida kelishuvga erishgan. Bu haqda jamoa rasmiy saytida xabar berildi.

"Tevesning qaytishi "Boki" muxlislari uchun fantastik yangilik bo‘ldi. Bu transfer jamoani kuchaytiradi", deydi Angelichi.

Eslatib o‘tamiz, Teves bu jamoada 2001-2004 yillar mobaynida o‘ynagandi.

Top