20:21 / 27.06.2015
24774

Dunyodagi eng ulkan sayohatchi kema

Sergey Dolya ism-sharifli bloger dunyo bo‘ylab kruiz laynerlarida sayohat qiladi va o‘z mushtariylarini dengizchilikning zamonaviy yutuqlari bilan tanishtirib boradi.

U o‘zining navbatdagi sayohatini o‘tkazgan kema bunday laynerlarning eng ulkani bo‘lib, bloger ham o‘z taassurotlarida buni katta hayajon bilan tasvirlagan.

"O‘zingizni Las-Vegasdagi kvartallardan birida tasavvur qiling. Bu o‘ziga xos shaharchada 7500 kishi yashaydi. Shundan 2500 nafari kema xizmatchilari hisoblanishadi va ular boshqa sayohatchilarning ko‘ngildagidek dam olishlari uchun sharoitlar yaratish bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Bu kemada muz maydoni, volleybol va basketbol o‘yinlari uchun maydonlar, golf maydoni, bouling uchun zal, sun'iy qoyalarga ko‘tarilish mashqlari olib boriladigan hudud, fitnes markazi va ulkan basseyn. Bularning hammasi dunyodagi eng yirik kema Allure of the Seas’da jamuljam bo‘lgan", deb yozadi Sergey Dolya.

Kruiz layneri jamoasi. Bu kema xodimlari o‘nlab alohida guruhlarga bo‘lingan holda ish olib borishadi: birinchi guruhdagilar kemaning harakatlanishi bilan shug‘ullanishsa, ikkinchi guruhdagilar kemadagi xonalarning toza tutilishi uchun qayg‘urishadi, yana bir guruh sayohatchilarni ovqatlantirish bilan band bo‘lsa, boshqasi ularning ko‘ngilochar o‘yinlar bilan band bo‘lishi uchun harakat qilishadi.

"Bu men chiqqan 16-layner. Bundan ham ulkan kemalarda bo‘lganman, lekin bundagidek zavq olmaganman. Bu kemadaligimda ochiq va bepoyon dengizda suzayotganimizni unutaman, kemaning ichki dunyosiga g‘arq bo‘laman".

Har qadamda kema chizmasi aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, bunday ulkan kemada adashib qolmasligingiz ta'minlanadi.

Yuqori paluba. Bu yer albatta baliq ovlash uchun emas, lekin o‘tgan-ketganlarga gap bilan qarmoq tashlab o‘tirish uchun qulay joy.

Kemaning boshqa sahnlarida ham odamlar to‘planib, o‘zaro tanishuvlar va suhbatlar o‘tkazishi uchun ko‘plab jamoat joylari tashkil qilingan.

Laynerda odamlar yashaydigan ikki asosiy qism mavjud bo‘lib, bu qismlar ko‘tarma orqali o‘zaro bog‘lanadi. Bu ikki uyning tomida esa basseynlar barpo qilingan.

Kemadagi basseynlar turli rang va turli hajmda va turli yoshdagilar uchun.

Mini-golf.

Bu yerda basketbol ham, volleybol ham o‘ynasa bo‘ladi.

Bu esa ping-pong muxlislari uchun hudud.

Bu moslama orqali kemaning bu tomonidan u tomoniga tezroq o‘tish mumkin

Kema sayohatiga dengiz tinch bo‘lgan kunlarda chiqiladi, Lekin kema palubasida syorfing ishqibozlari zerikib qolishmaydi.

Syorfing uchun ikki marta to‘lqin hosil qilinadi

Kemadagi inshootlardan biring tomida iliq suvli jakuzilardan foydalanish mumkin. Bu jakuzilar kemaning 18-qavatida joylashgan.

Kema burnida ham jamoatchilik uchun maxsus maydon hosil qilingan bo‘lib, bu yerda sayyohlar qarshidan kelayotgan shamolni his qilishlari mumkin bo‘ladi.

Kemaning burun qismida ham uchta basseyn mavjud.

Bu o‘sha basseynlardan eng kattasi va eng chiroylisi.

Kemaning ikki asosiy qismi oralig‘ida karusel, bar, park va kinoteatr joylashgan.

Har kuni oqshomda kinoteatr sahnasida syu Soley sirki artistlari tomosha ko‘rsatadi. Siz esa ularning mahoratidan og‘zingiz ochilib, o‘tirasiz.

Kemaning boshqa qismida joylashgan, bu yerda daraxtlar va baland o‘simliklardan kichik o‘rmoncha yaratilgan.

"Yashil hudud" ham ikki qismdan iborat

Atrof sakkizinchi qavatdan shunday ko‘rinadi

Sayr qilish uchun hudud

Kemaning bu qismida turli xalqlarning milliy oshxonalari joylashgan

Kemaning quyruq qismi. Bu yerda alpinizm bilan shug‘ullanish uchun ikkita maxsus devor bor. Alpinizm bilana Karl!

Central park`dagi barlar

Kinoteatr

Kemada har qanday holat uchun tayyorgarlik mavjud bo‘lib, qutqaruv ishlari uchun a'lo darajadagi tizimlar shay qilingan.

Kema burnida vertolyot qo‘nishi va havoga ko‘tarilishi uchun maydoncha qurilgan.

Central park`ning beshinchi qavatida magazinlar, karaokeli bar hamda "Starbaks" mavjud.

Bu zal esa avtomobilni sog‘inib qolganlar uchun

To‘rtinchi qavatda kazino vo tungi klub joylashgan.

Shou va konsertlar uchun markaziy zal

Kapitan xonasiga kirtishmaydi, lekin bu hududda u bilan ko‘rishish mumkin. Darvoqe, bu kema boshqaruvchisi - kapitan ham emas, uni birinchi ofitser deb atashadi.

Kemaning shturvali yo‘q, uning o‘rniga 3ta zamonaviy moslamadan foydalaniladi

Boshqaruv xonalari

Birinchi ofitser o‘z yordamchilari bilan shu yerda ishlaydi

Kema portga kirganida birinchi ofitser mana shu yerda turib, vaziyatni nazorat qiladi.

Yana bir boshqaruv mexanizmi

Mana bu yerdan ham kemaning ko‘rfazga kirib, langar tashlash jarayonini kuzatish mumkin.

Manba: Xabardor.uz internet nashri

Top