17:17 / 27.06.2015
3725

G‘avvoslar Tunisdagi mehmonxonalarga hujum qilgan jangarilardan birining telefonini topishdi

Tunislik g‘avvoslar 26 iyun kuni O‘rta Yer dengizi sohilidagi Sus shahri yaqinidagi mehmonxonaga hujum qilganlardan birining telefonini topishdi. Bu haqda Mosaique FM xabar qildi.

G‘avvoslar terrorchilik hujumi boshlanishiga guvoh bo‘lganlardan birining ko‘rsatmasiga binoan dengiz tubini tekshirishgan. Guvoh sohilga kater orqali suzib kelgan jangarilardan biri o‘q otishni boshlashdan oldin telefonini suvga uloqtirganini aytib bergandi.

Ayni vaqtda bu telefon mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 26 iyun kuni Tunisning Sus shahri yaqinidagi Riu Imperial Marhaba va Mouradi Palm Marina nomli beshyulduzli mehmonxonalarga 2 nafar terrorchi hujum qilgan va 39 nafar sayyohni otib tashlagan, 39 nafarini jarohatlagandi. Jangarilardan biri otishma vaqtida halok bo‘lgan, ikkinchisi qo‘lga olinib, tergov qilinmoqda.

Top