20:25 / 27.06.2015
10944

Homiylar bilan samarali faoliyat olib borayotgan 10 ta futbol klubi

Homiylik shartnomalari — bu eng old futbol klublari daromadining asosiy qismidir. Albatta, turli tashkilotlar va televideniye orqali mablag‘larni qabul qilish klub uchun bir muncha osonroq. Ammo bu mablag‘lar Neymar, Suareslar kabi mohir futbolchilarni harid qilish uchun yetarli bo‘lmaydi. Asosiy daromad klublar uchun texnik va futbolchilarning sport kiyimlarga logitipi tushirilgan homiylar tomonidan kelib tushadi.

Mashhur Forbes jurnali, eng qimmatbaho futbol klublari reytingi hamda ularning homiylik bitimlari orqali ko‘p daromad topadiganlar ro‘yxatini chop etdi. Ushbu ro‘yxatda liderlikni “Manchestr Yunayted” boshqarib turibdi. “Qizil iblislar” ayni damda “Nike”, “Chevrolet” va “Aon” kabi homiylar bilan yiliga 140 mln. dollar daromad qiladi. Yangi mavsumdan “Adidas” bilan 120 mln. dollarlik bitim tuzilsa, klubning ko‘rsatkichi rekord darajaga, yiliga 218 million dollarga yetadi.

Yaqin yillarda “MYu”ga “Barselona” yaqinlashib olishi kutilmoqda. Kataloniya poytaxtida klub bilan “Nike” va “Qatar Sports Investments” o‘rtasida homiylik bitimi tuziladi. Hozircha, yangi mavsum boshlanguniga qadar “Barselona” ikkinchi o‘rindan “Bavariya” va “Chelsi” kabi klublarga o‘rnini bo‘shatgan holda to‘rtinchi o‘ringa tushib tursin. Myunxenliklar “Adidas” bilan bitimni yangilash orqali homiylik mablag‘ini 10 yil uchun 1 mlrd dollar ajratadi. Roman Abramovich boshchiligidagi klub esa yozda Janubiy Koreya logotipi “Samsung”ni Yaponiyaning mashina shinalarini ishlab chiqaradigan kompaniya logotipi “Yokohama Rubber”ga almashtiradi. Yaponiyalik homiy tomonidan yiliga 60 mln. dollar to‘lanadi. (Janubiy koreyaliklar yiliga 27 mln. dollar to‘lar edi).

Ta'kidlab o‘tish joizki, yangi 2015-2016 yilgi mavsumda “Yuventus”ning reytingga qaytishi kutilmoqda. Turinliklar “Adidas” bilan homiylik bitimi tuzib, “Jeep” bilan bitimni yangiladi. Bu ularga daromadni yiliga 45 mln. dollarga yetkazib, Tottenxemni ortda qoldirishiga olib keldi.

Bugungi kundagi reyting umumiy ko‘rinishi quyidagicha:

Yangi mavsumda “Adidas” yordamida klub yiliga 218 mln. dollarlik daromad oladi.

Kataloniyaliklar reytingdagi futbolkada logotipi tushirilgan homiydan daromad oladigan yagona klubdir. Klub o‘yinchilarinig “Intel” yorlig‘i tushirilgan sport formalari uchun homiy 5 mln. dollar to‘laydi.

“Emirates” bilan 5 yillik shartnoma. Shartnomaga asosan futbol maydoni 2028 yilga qadar “Emireyts” nomi bilan atalishi ham ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, “Yetihad” bilan 10 yillik shartnoma. Shartnomada maydon nomining sotilishi borasida ham shartlar ko‘rsatalgan.

Yangi titul sponsori “Yokohama Rubber” (5 yilga tuzilgan) londonliklarning daromadi 100 mln. ga ortdi.

Myunxenliklarning “Adidas” bilan tuzgan qayta shartnomasi “Forbes” reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishlariga sabab bo‘ldi.

Amerikalik “New Balance” klubi, yangi mavsumda o‘zlarini Yevropa sport formasida sinab ko‘rishga axd qildilar.

Londonliklar yangi mavsumdan boshlab “Yuventus”ga o‘z o‘rinlarini bo‘shatib, kuchli 10 likdan chiqib ketadilar.

Manba: Xabardor.uz internet nashri

Top