Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ingliz futbol jamoasi mini-futbolning eng mashhur yulduzi bilan shartnoma imzoladi
Angliyaning "Nottingem Forest" jamoasi braziliyalik futbolchi Falkao bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida e'lon qilingan.
Jamoa xo‘jayini Favaz al-Xasavi 38 yoshli mini-futbol yulduzini Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuviga taklif etgan.
Bundan tashqari "Nottingem Forest" tashkil topganiga 150 yil to‘lishini nishonlash marosimi o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Falkao 2008 va 2012 yillarda mini-futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan hamda 2004 va 2008 yillarda FIFA talqini bo‘yicha jahonning eng yaxshi mini-futbolchisi deb tan olingan.