Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:45 / 27.06.2015
3375
1 daqiqa o‘qiladi
Kuvayt samolyoti Londonga favqulodda qo‘nishi sababi ma'lum qilindi
Londondagi Xitrou aeroportiga bortidagi favqulodda holat tufayli qo‘nishni amalga oshirgan Kuvayt samolyoti o‘z bortidagi yo‘lovchilar o‘zini yomon his qila boshlagani uchun qo‘nishga majbur bo‘lgani ma'lum qilindi.
The Daily Mirror nashrida yozilishicha, Nyu-Yorkdan Kuvaytga uchgan bu samolyotning 6 nafar yo‘lovchisi ovqatdan zaharlangani aniqlangan.
Biroz oldinroq, bu samolyot o‘z yo‘nalishini Buyuk Britaniya tomon kutilmaganda o‘zgartirganida, bu vaziyatda terrorchilik xuruji alomatlari borligi haqida taxminlar paydo bo‘lgandi.