Jahon | 14:57 / 27.06.2015
2143
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvaytdagi teraktga aloqadorlikda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Kuvaytda shialar masjidida sodir etilgan terakt tashkilotchilari sifatida bir necha shaxs hibsga olindi. Bu haqda Reyter xabar bermoqda.

"Bu teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, ko‘plab kishilar hibsga olinadi", deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 26 iyun kuni Kuvayt poytaxti El-Kuvayt shahridagi shialar masjidida juma ibodatiga yig‘ilgan namozxonlar bino hududida jangarilardan biri o‘zini portlatishi tufayli jabrlanishgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 27 kishi halok bo‘lgan va 200dan ortiq kishi jarohatlangan.

Bu terakt uchun javobgarlikni "IShID" o‘z zimmasiga olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish