Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda Rossiyada nishonlanadigan yoshlar kuni arafasida Putin tasviri tushirilgan futbolkalar tarqatildi
Nyu-Yorkda 27 iyunda Rossiyada nishonlanadigan Yoshlar kuni munosabati bilan “Rossiyani bil” deb nomlangan ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Amerikaliklariga Rossiya haqidagi oddiy savollarga to‘g‘ri javob evaziga suvenirlar – Rossiya prezidenti Vladimir Putin tasviri tushirilgan futbolka, matryoshkalar, pravoslav avliyolari tasvirlari tushirilgan taqvimlar, Rossiya poytaxti manzaralari tasvirlangan otkritkalar taklif etildi.
Tadbir ishtirokchilariga Rossiyaning istalgan uchta shahri, rus yozuvchisi yoki musiqachisining nomini aytish vazifasi qo‘yildi. Tadbir tashkilotchilarining fikrlaricha, bunday tadbirlar amerikaliklarning Rossiya tarixi borasidagi bilimlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
“Ishtirokchilarga oddiy savollar berildi: “Dunyodagi eng katta davlat qaysi?”, “Qaysi davlat Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga ko‘proq hissa qo‘shgan?” va shu kabi. Biroq ko‘pchilik amerikaliklar shunday oddiy faktlarni ham bilmas ekanlar”, deb aytmoqda “Russkaya molodej Ameriki” tashkiloti vakili Igor Kochan.