O‘zbekiston | 15:27 / 27.06.2015
4708
3 daqiqa o‘qiladi

Olma-otada O‘zbekistonning giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashdagi yutuqlari taqdimoti o‘tkazildi

Olma-otada O‘zbekistonning giyohvandlikka va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashdagi yutuqlari taqdimoti o‘tkazildi

Ushbu tadbir O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi tomonidan tashkil qilinib, unda mahalliy ekspert-tahliliy jamoatchiligi va OAVlar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirga yig‘ilganlar O‘zbekistonda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi olib borilayotgan faoliyat, 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan giyohvandlikka va giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasiga qarshi chora-tadbirlar davlat dasturi maqsad va vazifalari bilan tanishtirildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan maqsadli yo‘naltirilgan faoliyat tufayli mamlakatdagi narkogolik vaziyat xalqaro standartlar nuqtai nazaridan hech qanday xavotir uyg‘otmasligi, aholi o‘rtasida bu borada olib borilayotgan axborot-tushuntirish ishlarining samaradorligi oshgani va mamlakatda giyohvandlar soni kamayotgani kuzatilayotgani ta'kidlab o‘tildi.

O‘zbekistonning giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga barham berishga, profilaktik va ijtimoiy-ma'rifiy tadbirlar orqali ularga talabning qamaytirishga qaratilgan kompleks va muvozanatlashgan yondashuvi giyohvand moddalarga qarshi muvaffaqiyatli faoliyatga ijobiy misol bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi aytildi.

Bu yondashuv 2014 yilda 2013 yilga nisbatan mamlakatdagi narkovaziyatni ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlarning sezilarli darajada, ya'ni aniqlangan giyohvand moddalar savdosi holatlarining 1,23 marotaba, ular kontrabandasi holatlarining 1,03 marotaba, giyohvand moddalar saqlovchi o‘simliklarni o‘stirish holatlarining 1,13 marotaba, giyohvandlikdan aziyat chekuvchilar birlamchi ko‘rsatkichining 3,8-4 marotaba kamayishiga imkon berdi.

Umuman olganda, O‘zbekistonda giyohvand moddalarni noqonuniy tarzda tarqatish bilan bog‘liq jinoyatlar soni 1,15 marotaba kamaygan.

Uchrashuvda O‘zbekistonning dunyoda eng ko‘p miqdorda giyohvand modda ishlab chiqaruvchi Afg‘oniston bilan bevosita chegaradosh bo‘lishiga qaramasdan, bugunda mamlakat afg‘on narkotrafigining Markaziy Osiyoga kirib kelishi yo‘lida ishg‘ol qilib bo‘lmas to‘siq bo‘lib turgani alohida ta'kidlab o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish