19:27 / 27.06.2015
2960

Povetkin Klichko bilan Kiyevda revansh jangi o‘tkazmoqchi

Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin ukrainalik Vladimir Klichko bilan Kiyevda revansh jangini o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

"Men Kiyevda ringga chiqishdan qo‘rqmayman. Klichkoni yaxshi bokschi deyishadi. Men undan yaxshiroqligimni ko‘rsatib qo‘ymoqchiman xolos", deydi Povetkin RIAMO nashriga bergan intervyusida.

"Agar kerak bo‘lsa, Kiyevga boraman. Promouterlar buni tashkil qilib berishsa bo‘ldi. Klichkoni mag‘lub etishimga shubhalanmayapman. Bu juda oddiy. Eng muhimi yaqin masofada jang olib borishim kerak. Rejam shunaqa. Umid qilamanki, buni amalga oshira olaman", deb davom etadi u.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilning oktabrida Klichko Moskva shahrida o‘tkazilgan jangda Povetkinni ochkolar hisobiga mag‘lub etgandi.

Top