07:23 / 27.06.2015
5331

Qozog‘istonda AQSh harbiy bazalari joylashtirilmaydi

AQSh Qozog‘iston va uning chegaralari yaqinida harbiy bazalar joylashtirishni rejalashtirmayapti, deb aytdi AQSh quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni o‘rinbosari Uilyam Xikman Qozog‘iston teleradiokompaniyasi jurnalistlariga bergan intervyusida.

AQShlik harbiy amaldor AQSh armiyasi “hamkorlar izlash uchun dunyo sari odimlayotganini” aytdi. Shu bilan birgan Xikmanning aytishicha, to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan davlatlarga tinchlikparvar qo‘shinlarni kiritish qarorini siyosatchilar qabul qiladi. Xikman Qozog‘iston mustaqil davlat sifatida tinchlik paytida AQSh bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirish qarorini mustaqil qabul qildi, deb aytmoqda.

Jurnalistlarning “Bu Qozog‘iston atrofida keyinchaliy AQSh qurollari paydo bo‘ladi, deganini bildirmaydimi?” degan savolga “Yo‘q, mutlaqo bunday emas! Bizning Qozog‘istonda bazalarni tashkil etish yoki joylashtirish niyatimiz yo‘q. Maqsadimiz bu yerga kelib, birga ishlab, birga hamkorlik qilib, keyin ortga qaytib ketishdan iborat”, deb ta'kidlab o‘tdi Xikman.

Top