Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:10 / 27.06.2015
2628
1 daqiqa o‘qiladi
Saakashvili Ukrainada bojxona va militsiya tizimini o‘zgartirishni taklif qildi
Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili mamlakat bojxonasi va militsiyasini isloh qilishni taklif qildi. Bu haqda "Vesti" nashri xabar bergan.
"Birinchi navbatda, bu sohalardagi barcha xodimlarni ishdan bo‘shatish kerak. Buni amalga oshirish juda oddiy, buning uchun aniq qonun ishlab chiqamiz. Biz bu ishni ertaga yoki indinga bo‘lsada, albatta amalga oshirishimiz kerak. Bojxona tizimidagi xodimlarning ham barchasini yaxshi xodimlarga almashtirish kerak", deb ma'lum qildi Saakashvili.
Biroz oldinroq, Saakashvili Odessa ma'muriyatining 90 foiz xodimini ishdan bo‘shatmoqchiligini aytgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish