18:54 / 27.06.2015
4552

Sochida suv toshqini hududida baliq ovlashni boshlashdi

Rossiyaning Sochi shahridagi Olimpiya xiyoboni hududidagi uylarda istiqomat qiluvchi aholi o‘z uylaridan chiqmagan holda baliq ovlash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

"Kamishovo ko‘chasidagi uylarni yarmigacha suv bosgan. Ba'zi joylarda 1,5 metr balandlikda suv saqlanib turibdi. Bu hududda FVVning o‘nlab mashinalari tabiiy ofat talofatlarini bartaraf qilish uchun ish olib bormoqda", deyiladi "Interfaks" xabarida.

Mahalliy OAVlarda yozilishicha, Kamishovo ko‘chasidagi uylardan birida yashovchi kishi o‘z uyidan karp balig‘ini tutib olgan.

Top