00:19 / 27.06.2015
2376

Tunis Mudofaa vazirligi Liviya bilan chegaralar mustahkam qo‘riqlanayotganini ma'lum qildi

Tunis Mudofaa vazirligi mamlakatning Liviya bilan chegaralari mustahkam qo‘riqlanayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlar.

“Liviya tomonidan hech qanday xavf yo‘q. Harbiylarimiz Tunis-Liviya chegarasini mustahkam qo‘riqlamoqdalar”, deb aytdi Tunis Mudofaa vazirligi vakili.

Vazirlikda Tunis Liviyadan terrorchilarning bostirib kirishiga qarshi kurashda Jazoir bilan hamkorlik qilayotgani aytildi.

Top