Sport | 09:33 / 28.06.2015
2788
1 daqiqa o‘qiladi

Aguero Janubiy Amerika futbolidagi qo‘polliklarga ko‘z yumadigan futbol hakami fikriga munosabat bildirdi

“Manchester Siti” futbol jamoasi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero Amerika kubogi chorak finalida Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda raqiblarining qo‘pol o‘yini borasidagi shikoyatiga meksikalik hakam Roberto Garsiyaning bu qit'ada futbol qanday o‘ynalishi haqidagi javobiga quyidagicha izoh berdi:

“Men tushunmayman. Ko‘rinishicha, Janubiy Amerikada boshqacha futbol o‘ynalar ekanda. Hakam “Bu Janubiy Amerika, yigitlar!” dedi. Biz o‘zimiz Janubiy Amerikadanmiz. Bu o‘yinda juda ko‘p to‘qnashuvlar bo‘ldi”. Agueroning bu so‘zlarini Argentinaning Sancha Llena internet-nashri keltirib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagandan keyin o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida Argentina termasi Karlos Tevesning yakunlovchi goli hisobiga musobaqaning yarimfinaliga yo‘l oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish