Jahon | 18:45 / 28.06.2015
2536
1 daqiqa o‘qiladi

Assanj o‘zini rus kosmanavtlariga qiyosladi

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj o‘zini rus kosmonavtiga tenglashtirdi. Bu haqda uning "Rossiya 1" telekanali uchun bergan intervyusiga asoslanib, RIA Novosti nashri xabar bergan.

"Rossiyalik kosmonavtlar ham men kabi qiyinchiliklarga ro‘baru bo‘lishadi. Lekin ularda bu uzoq davom etmaydi. Kosmonavtlar ba'zida yorug‘likni ham ko‘rishadi", deydi Assanj.

U bu gaplari orqali Londondagi Ekvador elchixonasida uzoq vaqt yashirinib yotishiga to‘g‘ri kelganini nazarda tutgani taxmin qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish