Jahon | 19:00 / 28.06.2015
2292
1 daqiqa o‘qiladi

Assanj WikiLeaks loyihasini davom ettirishga va'da berdi

WikiLeaks asoschisi bo‘lgan fransiyalik jurnalist Julian Assanj "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida AQSh tomonidan tahdidlar davom etayotganiga qaramasdan o‘z loyihasi bo‘yicha ishlashda davom etishini ma'lum qildi.

"Ular kim o‘z ishlariga burun suqsa, uning men kabi azob chekishini ko‘rsatib qo‘yishmoqchi bo‘lishdi. Men ularning erta xursand bo‘lishiga rozi bo‘lmayman. Albatta bu ish juda qiyin, lekin yaxshi natijalari ham bor. Ha, men futbol o‘ynab, tog‘larda sayr qilib yura olmayman. Lekin shu ish ustida ishlay olaman va ishlay olish, bu yaxshi", deydi Assanj.

Uning ma'lum qilishicha, rasmiy Vashington vakillari bu "urush"da qo‘li baland kelish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan, lekin WikiLeaks`ning barcha faollarini tinimsiz ta'qib etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish