Jahon | 21:28 / 28.06.2015
2583
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada Tunisda halok bo‘lganlarni xotirlab bayroqlar tushirib qo‘yildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron o‘z tvitterida Tunisdagi terakt qurbonlari xotirasini yod etib, motam sifatida Londonning barcha hukumat binolaridagi bayroqlar tushirilib qo‘yilishini iltimos qildi.

“Tunisdagi terakt qurbonlarini yod etib, Dauning-stritdagi devonxonadagi bayroq tushirib qo‘yilishini iltimos qildim”, deb yozdi bosh vazir.

Shuningdek, mamlakatning moliya vazirligi va tashqi ishlar vazirligi binolaridagi davlat bayroqlari ham tushirib qo‘yildi.

Avvalroq London Tunisdagi teraktda 15 britaniyalik fuqaro halok bo‘lganini tasdiqlagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish