22:01 / 28.06.2015
3832

Ekspertlar Falcon 9 raketasi falokatining sababini aytdilar

Ekspertlarning fikricha, Falcon 9 raketasining tezlashtiruvchi blokidagi suyuq kislorod saqlanadigan bakdagi yuqori bosim raketani falokatga olib kelgan bo‘lishi mumkin.

“Raketaning tezlashtiruvchi blokidagi suyuq kislorod saqlanadigan bakda yuqori bosim bo‘lgan. Olingan ma'lumotlar falokatning bir-biriga teskari sabablarini ko‘rsatmoqda”, deb aytmoqda raketani ishlab chiqargan SpaceX kompaniyasining rahbari Elon Mask.

Avvalroq Toshkent vaqti bilan 19:21 da fazoga ko‘tarilgan Falcon 9 raketasi parvozning 3-daqiqasida osmonda parchalanib ketgani ma'lum qilingandi.

Xalqaro koinot stansiyadan turib ushbu parvozni kuzatgan NASA fazogiri Skott Kelli ushbu falokatga quyidagicha izoh berdi.
“Raketa parvozini kuzatdim. Afsuski, parvoz muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Koinot – murakkab narsa”, deb aytmoqda Kelli o‘z tvitterida.

Top