11:56 / 28.06.2015
8277

Flight Global: AQShda Rossiya va Xitoyning havoga qarshi mudofaa tizimini yengish uchun vositalar mavjud emas

AQSh harbiylari yaqin masofaga mo‘ljallangan hujum bombalarini xarid qilishga haddan tashqari ko‘p mablag‘ sarflab, ta'sir doirasi uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollanishga, ya'ni “stels”lar va yuqori aniqlikdagi qurol-aslahaga juda kam mablag‘ sarflaganlari AQShga Rossiya, Xitoy va Eron kabi davlatlarning havoga qarshi mudofaa tizimini yenga olishiga imkon bermaydi. Bunday xulosaga Vashington strategik va byudjyet baholashlari markazi ekspertlari kelishdi, deb yozmoqda AQShning Flight Global nashri. 

Ekspertlar bergan hisobotda, 2001-2004 yillarda AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan ta'sir qilish doirasi 80 km.ni tashkil qiladigan 304750ta qurol-aslaha birligi sotib olingani, bu esa barcha sotib olingan qurol-aslahaning 96 foizini tashkil qilishi aytildi. Bu davr mobaynida ta'sir doirasi 643 km.gacha bo‘lgan uzoq masofali qurol-aslahadan bor-yo‘g‘i 7109ta dona sotib olingani va bu barcha xaridlarning 2,3 foizni tashkil qilishi aytilmoqda.

Ekspertlarning fikricha, yaqin masofalarga mo‘ljallangan qurol-aslaha samolyot nishonga juda yaqin kelganda samaralidir, biroq yuqori aniqlikdagi qurol-aslaha ega bo‘lgan dushmanga qarshi kurashda buni amalga oshirishning iloji yo‘q.

Nashrning yozishicha, ushbu hisobot AQShlik generallar oxirgi bir necha yil davomida gapirib kelayotgan tasdiqni tayrorlaydi: AQSh harbiy investitsiyalari samolyotlar bemalol uchib, hech qanday jazolashlarsiz bombalarni tashlash mumkin bo‘lgan Iroq, Afg‘oniston va endilikda Suriya kabi davlatlardagi harbiy operatsiyalarga qaratilgan. Biroq bunday qurol-aslaha Rossiya, Xitoy va Eron kabi davlatlar bilan harbiy harakatlarda samarasiz hisoblanadi.

Top