Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:11 / 28.06.2015
7550
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiyadagi terakt ijrochisi o‘z qurboni bilan tushgan suratini AQShdagi tanishiga yubordi
Fransiyaning Lion shahri yaqinida terakt uyushtirganlikda gumon qilinayotgan terrorchi o‘z qurbonining tanasidan judo qilingan boshi bilan selfi tarzida rasmga tushib, suratni WhatsApp xizmati orqali AQShdagi tanishiga yuborgan, deb xabar bermoqda Agence France-Presse axborot agentligi.
Tergovdagi manbaning xabar berishicha, hozircha surat yuborilgan mijozning o‘rnini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.
Avvalroq qurbon terrorchining sobiq boshlig‘i bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish