Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:22 / 28.06.2015
1379
1 daqiqa o‘qiladi
Janubiy Koreyada MERS virusi qurbonlari soni 32 nafarga yetdi
Janubiy Koreyada MERS koronavirusi qurbonlari soni yana bittaga ortdi va 32 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Renxap agentligi xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning 90 foizi asosan keksa yoshdagilar va ancha vaqtdan beri turli xastaliklar bilan og‘rib kelayotganlar edi.
Kasallikdan vafot etish ko‘rsatkichlari umumiy kasallarning 17,6 fozini tashkil etib, 20 may kuni holatidagidan ikki barobar kamaygan.
Shuningdek, bu xastalikka chalinganlar soni 182 nafarligicha qolmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish