11:49 / 28.06.2015
2745

Jyeb Bush xavfni qurolda, emas jinoyatchilarda ko‘rayotganini aytdi

AQSh prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Jyeb Bush qonunchilikda qurol-aslahaga yo‘llash bilan bog‘liq cheklovlar jiddiy samara berishi va qurolli zo‘ravonlik holatlarini oldini olishi dargumonligini aytmoqda.

Bushning aytishicha, potensial jinoyatchilarni aniqlashni o‘rganish muhimroq ahamiyat kasb etadi.

“Jamiyat sifatida, biz jinoyatchilarni ular qo‘llariga qurol olib, begunoh odamlarni o‘ldirishni boshlagunlaricha aniqlash haqida fikr yuritishimiz muhimroq bo‘lar edi”, deb aytdi Bush Nevadada saylovchilar bilan uchrashuvda.

Bush “qishloq hududlari aholi ko‘p bo‘lgan shaharlardan tubdan farq qilgani” sababli qurol-aslaha nazorati shtatning o‘ziga ham bog‘liq bo‘lishi kerakligini aytmoqda.

Top