Jahon | 22:09 / 28.06.2015
3431
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada Polshada 200 nafar harbiy xizmatchi joylashtiradi

Kanada Mudofaa vazirligi Polshada 200 nafar harbiy xizmatchini joylashtirmoqchi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Shu tariqa, Kanada Sharqiy Yevropadagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashini va ular bilan birgalikda tashqaridan solinayotgan istalgan xavf va tajovvuzga qarshi turishga tayyorligini bildirib qo‘ymoqchi”, deb aytdi Kanada Mudofaa vaziri Jyeyson Kenni.

Ayni paytda Polshaga 90 nafar kanadalik askar va zobit yuborildi.

Avvalroq Kanada ukrainalik harbiylarni kuzdan boshlab o‘rgatishni boshlashi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish