Jahon | 19:03 / 28.06.2015
12183
2 daqiqa o‘qiladi

Kvazi Modo laqabli it AQShda eng xunuk it deb topildi

AQShning Kaliforniya shtatida dunyodagi eng xunuk it tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Pitbul va golland ovcharkasi duragayi, 10 yoshli Kvazi Modo laqabli it tanlov g‘olibi deb topildi. Umurtqasida tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘ilgan it (aynan shuning uchun “Parij avliyo ona ibodatxonasi” romanidagi bukri Kvazi Modo personaji nomi bilan atalgan) qolgan 25 ishtirokchini ortda qoldirib, o‘z egasiga 1,5 ming dollar mukofot puli olib keldi.

Kvazi Modo hayvonlar uchun boshpanada yashagan, so‘ngra uni floridalik veterinar boqib olgan. Tanlov saytida chop etilgan itning biografiyasida shunday so‘zlar yozilgan: “Mening ko‘rinishim juda qo‘rqinchli ko‘rinishi mumkin (meni ko‘rib ba'zi kap-katta odamlar ham meni giyena yoki tasman iblisiga o‘xshatib, qo‘rqqanlaridan avtomobillari tomlariga sakrab chiqib olishgan), biroq odamlar meni yaqindan taniganlaridan keyin, men ularning yuraklarini o‘zimning mehribon ichki dunyoim bilan zabt etaman”.

Bu borada 2- va 3-o‘rinlarni bir zot vakillari – xitoy paxmoq zoti va chixuaxua zotining duragayi Rembo va Frodo laqabli itlar egalladi.

Ushbu tanlov Petaluma shaharchasida Sonoma-Marin yarmarkasi doirasida 27 marotaba o‘tkazildi.