14:48 / 28.06.2015
11118

Maykl Makfol: Rossiyaga faqat aqldan ozganlargina hujum qilishi mumkin

AQShning Rossiyada ishlagan sobiq elchisi NATO Rossiyaga hech qachon hujum qilmasligi haqida fikr bildirdi.

U o‘z tvitterida yozishicha, bu mamlakatga faqatgina aqlini yo‘qotganlargina hujum uyushtirishi mumkin.

Sobiq diplomat o‘z navbatida NATOda aqlini yo‘qotganlar yo‘qligini ta'kidlab o‘tgan.

Uning fikricha, Rossiyaning g‘arbiy chegaralarida raketaga qarshi PVO C-400 majmualarini o‘rnatishga hojat yo‘q.

Makfol Rossiya tomonini g‘arbiy chegaralarni mustahkamlash orqali shov-shuv ko‘tarmaslikka chaqiradi.

23 iyun kuni Pentagon rahbari Belgiya va Sharqiy Yevropa mamlakatlari hududiga og‘ir harbiy texnika vositalari joylashtirilishi haqida ma'lum qilgandi. U bu hududlarga 250ta tank, o‘zi harakatlanuvchi to‘plar hamda piyodalarni tashish uchun harbiy mashinalar yuborish rejalashtirilganini aytgan.

Ma'lumot uchun, Makfol 2012 yilning yanvaridan 2014 yilning fevraligacha bo‘lgan muddatda AQShning Rossiyadagi elchisi sifatida ishlagandi. AQShning sobiq bosh kotibi Hillari Klinton Makfol Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashishi uchun ko‘p xizmat qilganini ta'kidlagan.

Makfol diplomat sifatidagi faoliyatini yakunlab, siyosatshunoslik bilan shug‘ullanib kelmoqda va Stenford universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlashga muvaffaq bo‘lgan. U 2014 yilning martidan buyon NBC Universal News Group telekanalida xalqaro siyosiy sharhlovchi sifatida ishlamoqda.

Top