Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Ukrainadagi mojaro Rossiya va Germaniya munosabatlariga imtihon bo‘layotganini aytdi
Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar jiddiy imtihondan o‘tmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Germaniya-Rossiya birodar shaharlari 13-anjumanidagi tabrik so‘zida aytdi.
Merkel bu holat asosan Ukrainadagi mojaro sababli yuz berayotganini ta'kidlab o‘tdi.
“2015 yil Germaniya va Rossiya munosabatlaridagi jiddiy imtihon ostida o‘tmoqda. Avvalambor Ukrainadagi vaziyat katta kelishmovchiliklarga olib kelmoqda. Shu munosabat bilan ochiqcha suhbat uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish juda muhim hisoblanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat Germaniya-Rossiya birodar shaharlari anjumani uchun alohida qimmatga ega bo‘ladi”, deb aytildi Merkelning tabrik so‘zida.
Avvalroq Merkel Ukrainadagi vaziyat hali ham tashvish uyg‘otayotganini aytgan edi. Bundan tashqari, Merkelning aytishicha, Rossiya Minsk kelishuvlariga amal qilishini namoyon qilishi zarur.