Jahon | 14:22 / 28.06.2015
5560
1 daqiqa o‘qiladi

Nations Presse: Poroshenkoning armiyasi 1 yildan keyin o‘z mavjudligini yo‘qotadi

Fransiyadagi Nations Presse jurnali xodimi Jak Frerning fikricha, Pyotr Poroshenko boshchiligidagi Ukraina armiyasi 1 yildan keyin o‘z mavjudligini yo‘qotadi.

Uning yozishicha, 3 oydan keyin Donbass hududiga xizmatga yangi chaqirilganlar jo‘natiladi. Ularning uchdan bir qismigina janglarda ishtirok etishga tayyor holatda bo‘ladi, qolgan qismi esa shunchaki "to‘plarga yem bo‘lish uchun yaraydi".

"Ukrainadagi ziddiyatlar boshlanganidan buyon 10 mingga yaqin ukrain harbiysi halok bo‘lgan, 50 mingdan ortig‘i jarohatlanib, safdan chiqqan. Bu holatda Poroshenkoning armiyasi 1 yil ichida tugab bitadi", deb yoziladi maqolada.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish