Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyadagi teraktda uch kishi halok bo‘ldi
Nigeriyaning shimoli-sharqiy qismida sodir etilgan teraktda kamida uch kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reyter axborot agentligi.
Tibbiy xodimlar va guvohlar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, terakt Mayduguri shahrida sodir bo‘lgan. Shahardagi shifoxonalardan biriga ikki ayol kirmoqchi bo‘lgan, biroq ular qo‘riqchilar tomonidan binoga kiraverishda to‘xtatib qolingan. Shundan so‘ng ayollar yonlarida bo‘lgan portlovchi qurilmani harakat keltirishgan.
Terakt oqibatida ikki qo‘riqchi va bir fuqaro halok bo‘ldi. Jabrlanganlar shifoxonaga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yotqizildi.
Ayni paytda mamlakatda faoliyat yuritayotgan birorta ham radikal guruh ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.