Sport | 21:14 / 28.06.2015
1750
1 daqiqa o‘qiladi

OAVlar: Konoplyanka “Tottenxem” bilan shartnoma imzoladi

Ukrainaning “Dnepr” futbol jamoasi yarimhimoyachisi Yevgeniy Konoplyanka Angliyaning “Tottenxem” jamoasi o‘yinchisiga aylandi, deb tasdiqlamoqda La Gazzetta dello Sport nashri.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, London jamoasining rahbariyati futbolchi bilan shartnoma imzolanganini yaqin orada e'lon qiladi.

Shuningdek, ukrainalik futbolchining jamoa tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tgani ma'lum qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish