Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rigada YeI va Markaziy Osiyo mamlakatlari ta'lim vazirlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
25—26 iyun kunlari Rigada Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari ta'lim vazirlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv YeI Kengashidagi Latviya raisligi tomonidan Yevropa Komissiyasi hamda Yevropa tashqi ishlar xizmati hamkorligida tashkil qilindi.
Majlisda tomonlar YeI va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalar, xususan ta'lim sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi va unda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri A. Vahobov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Uchrashuv yakunida vazirlar YeI va Markaziy Osiyoning ta'lim sohasidagi hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgan bayonnoma va yo‘l xaritasini qabul qildi.